Ozbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda manaviy merosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga etkazish borasida keng kolamda faoliyat olib borilmoqda.
Respublika Prezidenti I.A. Karimov takidlab otganidek, manaviyatning mohiyati shunchalik kengki, uni olchab ham, poyoniga etkazib ham bolmaydi. U inson uchun butun bir olamdir.
Jamiyatimiz hayotida manaviy kamolotni tezlashtirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, milliy qadriyatlarni organish mustaqillikni mustahkamlashning asosiy vazifalaridan biridir.
Hayotimizda manaviy kamolotni rivojlantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha etib kelgan boy madaniy meroslarini organish ham katta orin egallaydi. Shu sababli Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini organish va targ`ib etish uchun keng yollar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshladi.
Madaniy-marifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablag`lar ajratildi. Ozbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, sanat oliy oquv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat ochoqlariga aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qoyila boshlandi. MDO dagi davlatlar bilan ijodiy hamkorlik yolga qoyildi, turli xalqaro anjumanlar otkazildi.
Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshishga chek qoyildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xoja Ahror, Cholpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib, asarlari chop etildi. 1991 yili buyuk alloma, g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy yubileyini otkazish katta voqea boldi. Bu tantanaga bag`ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994 yil Mirzo Ulug`bek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng kolamda, jahon miqyosida nishonlandi. YuNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag`ishlangan haftalik va unga korgazma ochildi.
Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bolib otdi. YuNESKO tomonidan 1996 yil Amir Temur yili deb elon qilindi. Shu yili YuNESKO ning Parijdagi qarorgohida Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi mavzuida anjuman va unga bag`ishlangan korgazma ochildi.
Mamlakatimizda Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Amir Temur nomi berilgan bog`lar, kochalar barpo etildi. Respublikamizda bizgacha etib kelgan boy meroslarni organish, milliy ozlikni anglash, manaviy qadriyatlarni rivojlantirishga katta etibor berilmoqda va ularga nisbatan xalqimizning chuqur hurmat va ehtiromi korsatilmoqda. Songgi yillarda tashkil etilgan Oltin meros jamg`armasi, Abdulla odiriy nomidagi Meros nashriyotlari keng miqyosda manaviy-marifiy ishlarni olib bormoqda.
Islom olamining allomalari Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroninng 850 yilligi, Bohovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng kolamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.
Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag`ishlanib kechalar otkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludiga, Alpomish dostonini yaratilishining 1000 yilligiga bag`ishlangan turli kechalar, bahslar tashkil etildi.
Manaviy hayotni takomillashtirish borasida 1994 yil Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan manaviy qadriyatlarni organish va uni takomillashtirish borasida Manaviyat va marifat jamoatchilik markazini tuzish haqida farmon elon qilindi. Markaz tomonidan Imom al Buxoriyning yubileyiga bag`ishlab, uroni karimdan keyin ikkinchi orinda turadigan Al-Jome, as-Sahiyh (Ishonarli toplam), Al-adab, as-mufrad (Adab durdonalari) ozbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.
1998 yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag`ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy korgazmalar ochildi.
Bularning barchasi Ozbekistonda chinakam milliy qadriyatlarni tiklash uchun yuritilayotgan katta ishlardan dalolat beradi.
Ayniqsa, al Buxoriy xalqaro jamg`armasining ochilishi katta voqea boldi. Respublikamiz Prezidenti Imom al Buxoriyning, Ahmad al Farg`oniyning motabar nomlarini tiklash, xalqimiz, qolaversa, butun dunyo musulmonlariga qaratilgan shaxsiy tashabbusi bilan ul-zoti shariflar shaniga ulug`vor yodgorliklar va jamg`armalar tuzishga imkon yaratildi.
Jamg`armaning maqsadi Imom al Buxoriyning hayoti, ilmiy merosi, u yashagan davr fani va madaniyatiga oid bolgan tarixiy manbalarni organishdan iboratdir. Islom olami buyuk namoyondalarining toy-tantanalari nishonlanishi butun dunyo xalqlarining diqqat-etiborida boldi.
Manaviy merosning tiklanishi uning bir bolagi bolgan diniy qadriyatlarga ham etiborni kuchaytirdi. 1992 yil Prezident farmoni bilan Ramazon va urbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb elon qilindi. Movarounnahr diniy boshqarmasining ham faoliyati Respublikamiz hayotida oz ornini egalladi.
Xalqimizning asrlar davomida nishonlanib kelingan bayramlaridan Navroz umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi.
Jamiyat taraqqiyotida roy berayotgan ozgarishlarni tushunish, hurfikrlikka intilish uchun kishilarni yangi yoldan olib boruvchi g`oyaviy qarashlar ham hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri bolib qolmoqda. |